
Superliga. "Nasaf" Bozorovning benefisiga aylangan o‘yinda g‘alabani naqd qildi
O‘zbekiston Superligasi 23-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Metallurg" bahsi yakunlandi. Unda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.
"Ajdarlar" safida gollarga Oybek Bozorov va Suhrob Nurilloev mualliflik qildi. Bozorov Nurilloevning goliga assistentlik ham qildi. Shuningdek, 90+3-daqiqada Andres Chaves penaltidan unumli foydalana olmadi.
Shu tariqa, qarshiliklar 42 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi. 27 ochkosi bor "Metallurg" 9-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar