
Superliga. "Neftchi" "So‘g‘diyona"ni taslim etib, peshqadamlikni mustahkamladi
O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Neftchi" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda vodiyliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Nurillo To‘xtasinov hamda Ulug‘bek Hoshimov tomonidan kiritilgan gollar Farg‘ona klubiga 3 ochko keltirdi.
Ochkolari sonini 9 taga etkazib olgan "Neftchi" ayni vaqtda Superliga turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Jizzaxliklar esa 3 turdan so‘ng atigi 1 ochko to‘pladi.
Fikrlar