Superliga. Oktyabr oyining eng yaxshilari aniqlandi

  • 21 noyabr, 2024, 14:43
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Superliganing eng yaxshi murabbiy va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golni aniqlab keladi.

Unga ko‘ra, "Nasaf" jamoasi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. O‘tgan oy Superligada 3 o‘yinda maydonga tushib, raqib darvozasiga 5 ta to‘p kiritgan Abdug‘afur Haydarov ("Surxon") esa eng yaxshi futbolchi bo‘ldi.

Shuningdek, "Nasaf" a’zosi Akmal Mozgovoyning "Lokomotiv" jamoasi darvozasiga kiritgan to‘pi oktyabr oyining eng chiroyli goli deya e’tirof etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!