Superliga. "Qizilqum" - "Lokomotiv" bahsida nursiz durang qayd etildi
Superliganing 4-turidan o‘rin olgan "Qizilqum - "Lokomotiv" bahsi o‘z nihoyasiga etdi va unda 0:0 hisobidagi nursiz durang qayd etildi.
Ikkala jamoada ham gol urish uchun bir necha imkoniyatlar bo‘ldi. Ba’zi vaziyatlarda futbolchilarga aniqlik etishmagan bo‘lsa, ba’zida darvozabonlar katta sahnaga chiqdi.
Shu tariqa, "Lokomotiv" Qarshidan bir ochko bilan qaytadigan bo‘ldi.
Fikrlar