
Superliga. "Surxon" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi
Superliganing 20-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Surxon" uchrashuvi mehmonlarning 0:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
O‘yindagi yagona gol Asqarov tomonidan urildi. Bobirjon 85-daqiqada qaytgan to‘pni darvozaga joylab, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
3 ochkoni qo‘lga kiritgan "Surxon" turnir jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarildi. "Bunyodkor" esa 8-pog‘onada qoldi.
Fikrlar