Superliga. To‘purarlar ro‘yxatida Igor Sergeevga kim yaqinroq?
Superliganing 17-turi ham o‘z nihoyasiga etdi.
Bu turda "Paxtakor" o‘z uyida OKMKni qabul qilib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu bellashuvda "sherlar"ning yagona golini Igor Sergeev kiritib, chempionatdagi gollari sonini 12 taga etkazib olishga muvaffaq bo‘ldi. 2-o‘rinda esa "So‘g‘diyona" hamda "Nasaf" futbolchilari Lyupcho Doriev va Husayn Norchaev 9 tadan gol bilan Sergeevni ta’qib qilishmoqda.
To‘purarlar ro‘yxatining kuchli 6 ligi bilan tanishing.




Fikrlar