Superligada mart oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

  • 08.04.2024 14:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Superligada mart oyining eng yaxshilari aniqlandi. Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, “Andijon” jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov oy murabbiyi deb topildi.

“Burgutlar” o‘tgan oy Superligada 4 o‘yin o‘tkazdi. Jamoa “Bunyodkor” hamda “Surxon”dan ustun kelgan bo‘lsa, OKMK va “Nasaf” bilan durang o‘ynadi. Bu haqida O‘zPFL matbuot xizmati xabar bermoqda.

Darhaqiqat, “Andijon” klubi yangi mavsumni ajoyib boshladi va Xomyakov boshchiligida turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!