
Superligada mavsumdagi ilk xet-trik muallifi aniq
Superliganing 4-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "So‘g‘diyona" uchrashuvida "bo‘rilar" 2:3 hisobida g‘alaba qozonishdi. Mazkur o‘yinda mehmonlar hisobidagi barcha gollarni Shohruxbek Abdurahmanov urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, 25 yoshli hujumchi ushbu mavsumdagi ilk xet-trik muallifiga aylandi. Qo‘shimchasiga to‘purarlar kurashida ikkinchi o‘ringa chiqib oldi (4 ta). Undan faqatgina Toma Tabatadze ko‘prok gol ura olgan (5 ta).
Eslatib o‘tamiz, Abdurahmanov aynan "Paxtakor" akademiyasida tahsil olgan bo‘lib, 2019 yilda jamoani tark etgan. Shundan keyin "Dinamo", "Energetik-BGU" va "Bunyodkor" klublarida to‘p tepdi.
Fikrlar