Superligaga chiqqan ilk jamoa nomi ma’lum bo‘ldi!
Hozirgina Pro-liganing 20-turidan o‘rin olgan “Nurafshon” hamda “Neftchi” jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.
Gollarga boy kechgan o‘yin 4:1 hisobida farg‘onaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Ushbu g‘alabadan so‘ng “Neftchi” o‘z hisobidagi ochkolar sonini 40 taga etkazib oldi va muddatidan avval Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar