
Superliganing eng ko‘p narxi oshgan va tushgan futbolchilari kimlar?
Dunyoga mashhur "Transfermarkt" portali O‘zbekiston Superligasining eng ko‘p narxi oshgan va tushgan futbolchilari ro‘yxatini e’lon qildi.
Eng ko‘p qimmatlagan futbolchilar jadvalida "Paxtakor" vakili Diyor Xolmatov etakchilik qilmoqda. Uning narxi 300 ming evroga oshgan bo‘lib, hozirda 750 ming evroga baholanmoqda.
Ikkinchi o‘rinda Diyorning jamoadoshi Odil Hamrobekov nomi ko‘rsatilgan. U portal tomonidan 200 ming evroga qimmatroq narxga baholangan va hozirgi narxi 1 million 200 ming evroni tashkil etadi. "Navbahor" yulduzi Oston O‘runov ham 200 ming evroga narxi oshgan holda 1 million evroga baholangan.
Eng ko‘p narxi tushgan futbolchilar orasida "Buxoro" hujumchisi Shohruz Norxonov etakchilik qilmoqda. Uning bahosi 250 ming evroga pastlagan va hozirgi narxi 600 ming evroga teng.
Quyida jadval bilan batafsil tanishib chiqish imkoniga egasiz!
Fikrlar