Superto‘purar: Meni kutmanglar, qaytmayman!

  • 6 aprel, 11:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” hujumchisi Harri Keyn Evropa matbuotida o‘zini yozda Angliyaga qaytishi haqida tarqatilayotgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Ayniqsa, Angliya ommaviy axborot vositalari 31 yoshli hujumchi faoliyatining so‘nggi bosqichini o‘z mamlakatida o‘tkazib, to‘purarlik bo‘yicha Alan Shirerning rekordini yangilamoqchi ekani haqida bong urayotgan edi.

- Mening Angliyaga qaytishim haqida turli ma’lumotlarga duch kelishingiz mumkin, biroq men bor e’tiborimni “Bavariya”ga qaratganman. Bunaqa mish-mishlar qaerdan chiqishini bilmayman. Men Myunxenning “Bavariya”sida o‘zimni baxtiyor his qilyapman, - dedi Harri Keyn.

Keyn katta futbolga 2010 yili “Tottenxem”da qadam qo‘ygan. Orada ijara asosida “Leyton Orient”, “Lester”, “Milluoll”, “Norvich”da to‘p tepgan. 2013 yildan “Tottenxem”ning asosiy tarkibida muntazam o‘ynab kelgan. Shunga qaramay, birorta sovringa ega chiqmagan.

Zamonaviy futbolning eng zo‘r to‘purarlaridan biri 2023 yilning yozida sovrinlar ilinjida “Bavariya”ga o‘tdi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!