Supertўpurarni arzon sotib qoʻymaylik
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” murakkab o‘tayotgan joriy mavsumdan keyin tarkibni yangilashga qaror qildi. Mersisaydliklar bu jarayonda jamoaning asosiy to‘purari Muhammad Saloḥ bilan ham xayrlashishga rozi.
Misrlik futbolchini oxirgi yillarda Saudiya Arabistoni Professional ligasi rahbariyati o‘z musobaqalarida ishtirok etishga chorlab keladi. Shayxlar kelasi mavsumda Saloḥni Saudiya Arabistoni futboli timsoliga aylantirish uchun hech qanday mablag‘ni ayamoqchi emas.
“Liverpul” mutasaddilari esa, badavlat klublarning 33 yoshli yulduzga qiziqishidan unumli foydalanib qolmoqchi.
Jurnalist Uilson Koks ma’lumotiga ko‘ra, klub misrlik legioneri uchun yozda 63 million evrodan boshlanadigan takliflarni ko‘rib chiqadi. Bu summani to‘lash arab klublari uchun hech qanday muammo emas.
Muhammad Saloḥ “Liverpul”ga 2017 yili “Roma”dan ko‘chib o‘tgan va jamoa safida klublar miqyosidagi deyarli barcha nufuzli turnirlar bosh sovrinini qo‘lga kiritib bo‘ldi.
Mersisaydliklar bilan 2027 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega Muhammad Saloḥning o‘zi ham jamoani tark etib, muhitni o‘zgartirishga qarshi emasligi aytilmoqda.
Fikrlar