Superto‘purarni bu jamoaga o‘tishiga yo‘l qo‘yishmayapti

  • 02.06.2023 13:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Tottenxem” tarixida eng ko‘p gol urgan hujumchi Harri Keyn jamoa bilan bir yillik shartnomasi borligiga qaramay, yozda boshqa jamoaga ko‘chib o‘tmoqchi.

Manbalarning ta’kidlashicha, 29 yoshli forvard faqat “Manchester Yunayted” safiga qo‘shilmoqchi. Manchesterliklar ham anchadan beri tajribali hujumchiga ko‘z tikib keladi.

Biroq, “Tottenxem” Harri Keynni Angliya Premer-ligasining boshqa klublariga o‘tishiga to‘sqinlik qilyapti. Bu haqda Evening Standard nashri xabar tarqatdi.

Manbaning ta’kidlashicha, “Tottenxem” rahbariyati o‘z pozitsiyachini o‘zgartirmaydi. Agar hujumchi jamoadan ketsa, boshqa ligani tanlashiga to‘g‘ri keladi.

Harri Keyn joriy mavsumda 49 ta uchrashuvda 32 ta gol va beshta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!