
"Surxon" - AGMK uchrashuvi bosh hakami jarohat oldi va o‘yinni yakunlay olmadi (video)
Bugun Superligada 7-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Ular orasida “Surxon” va AGMK jamoalari to‘qnashuvida kutilmagan holat yuz berdi.
Ikkinchi bo‘limda bosh hakam Zokir Qodirov kutilmaganda jarohat oldi. U o‘yinni davom ettira olmasligi oydinlashgach, o‘rniga Komil Rasulov tushdi.
Termizdagi bellashuv 0:1 hisobida olmaliqliklarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindagi yagona golni 45-daqiqada Yovan Jokich kiritdi.
Quyida hakam Zokir Qodirov bilan sodir bo‘lgan holatni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar