"Surxon" - "Navbahor": Tomonlarning 30-bellashuvida kimning qo‘li baland keladi
O‘zbekiston Superligasining 21-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” Termizda “Surxon” mehmoni bo‘ladi.
Mazkur klublar shu kungacha milliy chempionatlarimiz tarixida o‘zaro 29 marta ro‘baro‘ kelishgan. Ushbu o‘yinlarning 20 tasida “lochinlar”ning qo‘li baland kelgan (bitta o‘yinda “Navbahor”ga texnik g‘alaba yozilgan), 5 tasida termizliklar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 4 ta bahsda esa jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati – 77-21, “Navbahor” foydasiga.
O‘zaro uchrashuvlarda “Navbahor” 64 ochko, “Surxon” esa 19 ochkoni qo‘lga kiritgan.
Ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlardagi eng yirik - 9:0 hisobi 1997 yili Namanganda qayd etilgan. Ta’kidlash joizki, namanganliklar o‘tkazilgan 29 ta bahsning 12 tasida termizliklar ustidan yirik hisobda zafar quchishgan.
Mazkur klublarning Surxondaryoda bo‘lib o‘tgan bahslariga to‘xtaladigan bo‘lsak, jamoalar Termizda o‘zaro 14 marta kuch sinashishgan (O‘tgan yili Toshkentdagi TTYMI stadionida bo‘lib o‘tgan bahs ham “Surxon” nominal mezbon bo‘lganligi bois, inobatga olindi).
Ushbu o‘yinlarning 5 tasida termizliklar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 5 tasida namanganliklar zafar quchishgan, yana 4ta bahsda esa durang natija qayd etilgan.
“Surxon” o‘z maydonida o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlarda “Navbahor” darvozasini 17 marta ishg‘ol etgan bo‘lsa, namanganliklar termizliklar darvozasiga 25 ta to‘p kiritishgan.
O‘tgan yili Toshkentdagi TTYMI stadionida bo‘lib o‘tgan so‘nggi bahsda durang, ya’ni 1:1 hisobi qayd etilgandi.
Joriy mavsumning 1-davrasida Namanganda o‘tkazilgan uchrashuvda “lochinlar” Ivan Solovyov va Slavisha Stoyanovichning gollari evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi.
Umid qilamizki, bo‘lajak bahsda ham sevimli jamoamiz joriy mavsumdagi navbatdagi g‘alabasini nishonlaydi.
“Surxon” – “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 3 oktyabr kuni “Surxon arena” stadionida soat 16:00 da start oladi.
Bo‘lajak o‘yinda “lochinlar”ga omad yor bo‘lishini tilaymiz.
Barcha uchrashuvlar qaydnomasi:
28.03.1992 "Surxon" – "Navbahor" - 1:1
29.10.1992 "Navbahor" – "Surxon" - +:-
13.04.1994 ASK – "Navbahor" - 2:3
13.11.1994 "Navbahor" - ASK - 2:1
11.06.1995 "Navbahor" - ASK - 4:0
19.08.1995 ASK - "Navbahor" - 2:5
26.06.1996 "Navbahor" - ASK - 4:1
29.08.1996 ASK - "Navbahor" - 1:4
13.04.1997 "Navbahor" – Surxon - 9:0
04.10.1997 Surxon – "Navbahor" - 1:0
18.04.1998 "Navbahor" – Surxon - 5:0
08.10.1998 Surxon – "Navbahor" - 3:1
06.06.1999 "Navbahor" – "Surxon" - 1:0
14.08.1999 "Surxon" – "Navbahor" - 1:0
19.04.2000 "Surxon" – "Navbahor" - 3:3
30.09.2000 "Navbahor" – "Surxon" - 5:0
23.06.2001 Surxon - Navbahor 0:3
31.07.2001 "Navbahor" - "Surxon" 7:1
28.04.2002 "Surxon" – "Navbahor" - 1:0
19.10.2002 "Navbahor" – "Surxon" - 1:0
14.05.2003 "Surxon" – "Navbahor" - 1:0
13.09.2003 "Navbahor" – "Surxon" - 2:1
15.03.2004 "Navbahor" – "Surxon" - 6:0
05.11.2004 "Surxon" – "Navbahor" - 0:4
21.04.2019 “Navbahor” – “Surxon” – 3:0
19.10.2019 “Surxon” – “Navbahor” – 0:0.
19.08.2020 “Surxon” – “Navbahor” – 1:1
20.11.2020 “Navbahor” – “Surxon” – 1:0.
12.05.2021 “Navbahor” – “Surxon” – 2:0.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati

Fikrlar