"Surxon" futbolchisi "Neftchi"ga o‘tmaydigan bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Surxon"ning tojikistonlik legioneri Zoir Jo‘raboev Farg‘onaning "Neftchi" klubiga o‘tishi kutilayotgan edi. Ammo xabarlarga ko‘ra, klublar transfer borasida o‘zaro kelisha olmagan.

Shu tariqa, Jo‘raboev Surxonda faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. U bor e’tiborini mashg‘ulotlarga qaratgan.

Ma’lumot o‘rnida, himoyachi joriy mavsum chempionat doirasida 9 o‘yinda ishtirok etgan. Uning hisobida hozircha bitta gol mavjud.

"Surxon" jamoasi ayni payt Superliga turnir jadvalida 11-o‘rindan joy olgan. "Uchar tulporlar" hisobida 13 ochko mavjud.

 

 

Manba: "Surxon" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!