"Surxon" klubi futbolchisi koronavirus yuqtirganlikda gumonlanmoqda. Jamoaning "Navbahor"ga qarshi o‘yini qoldirilishi mumkin

  • 17 iyul, 2020, 18:26
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Surxon" klubi futbolchilari koronavirus uchun test topshirishdi. 

Tecno

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, jamoa a’zolaridan biri virusga chalingan bo‘lishi mumkin. Shu bois jamoa tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

"Surxon"ning Superliga doirasida 21 iyul kuni "Navbahor" bilan o‘yini o‘tkazilishi belgilangan. Tez orada test javoblari chiqadi. Ammo PFL o‘yin o‘tkazilishiga ruxsat berishi so‘roq ostida. "Bunyodkor"ning "Buxoro"ga qarshi uchrashuvi ham aynan shu sabab qoldirilgandi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!