"Surxon" klubi stadionining zamonaviylashtirish ishlari avjida! (Foto)
"Surxon Arena" stadioni tubdan rekonstruktsiya qilinmoqda. U qurib bitkazilgandan so‘ng OFK (Osiyo futbol konfederatsiyasi) litsenziyalash standartlariga javob beradigan xolga keltiriladi.

Bu o‘zgarishlar O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati futboli rivojiga salmoqli hissa qo‘shadi va ayniqsa hududning yosh avlodi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Tekshiruvdan so‘ng stadionni zamonaviylashtirish, tomoshabinlar o‘rindiqlarini, infratuzilmani, shu jumladan maysazor sifatini va boshqa masalalarni takomillashtirish bo‘yicha reja tuzilib chiqildi.

Ish jarayonida stadionning maxsus yoritilishi FIFAning alohida tartiblariga muvofiq ta’minlanadi.
Dastlabki qiymati 1,5 mln AQSh dollari bo‘lgan zamonaviylashtirish jarayoni "ERIELL Group" tomonidan taminlanmoqda. Uning Boshqaruv raisi Baxtiyor Fozilov 2023 yildan “Surxon” professional futbol klubiga rahbarlik qilib kelmoqda.

Bu yilgi mavsumda “Surxon” PFK futbolchilari O‘zbekiston Superligasi va O‘zbekiston Kubogi o‘yinlarida yuqori natijalarga erishdilar. Hozirda jamoa klub tarixidagi eng yaxshi natijalarni ko‘rsatib kelmoqda.
Shu bilan bir qatorda, ko‘plab yosh surxondaryolik futbolchilarni jamlab olgan klub Akademiyasi ishlariga alohida ahamiyat berilmoqda.
Zamonaviylashtirish jarayoni nihoyasiga etgach, stadion sifatli o‘yinlarni o‘tkazish uchun kerakli standartlarga javob bera oladi va yana ko‘plab futbol muxlislarini uyiga aylanadi.
Manba: "Surxon" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar