
"Surxon" nazorat o‘yinida "Dinamo"dan ustun keldi
Bugun Toshkentda "Surxon" jamoasining ikkinchi tarkibi Samarqandning “Dinamo” klubiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv murosasiz kurashlar ostida o‘tdi va statistikani inobatga olsak, termizliklar barcha jihatlarda ustun bo‘ldi.
1-bo‘limning o‘rtasida Danila Ejov hisobni ochdi. Mazkur gol uchrashuvda yagona bo‘ldi va "Surxon"ga g‘alaba keltirdi. Bundan tashqari, ikki bor "uchar tulporlar" 11 metrlik penaltini ura olmadi (O‘ral Choriev, Abdug‘ofur Xaydarov).
Nazorat uchrashuvi.
"Surxon" – "Dinamo" 1:0
Fikrlar