"Surxon" o‘yinchisi boshqa jamoaga ketish arafasida
Termizning “Surxon” klubi ayni paytda “Nasaf”ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ryapti. Shundan so‘ng, jamoa a’zolari qisqa muddatli ta’tilga chiqadilar.
Tarkibda ayrim o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Masalan, yaqinda serbiyalik hujumchi Markovich klubni tark etgandi. Shuningdek, yarim himoyachi Zohir Pirimov ham “Surxon”ni tark etish arafasida.

32 yoshli yarim himoyachi hozircha “Surxon” safida Superliganing faqat ikkita uchrashuvida zaxiradan maydonga tushdi va qolgan payt asosan zaxirada qolib ketayotgandi. Tabiiyki, bunday holat futbolchining o‘ziga ham yoqmasligi turgan gap. Shu bois ikkinchi davrani boshqa jamoada davom ettirishi ehtimoldan holi emas.

Fikrlar