"Surxon" sobiq futbolchilarini qaytaryapti

  • 20.02.2022 12:46
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Surxon” klubi Anxel Lopes boshchiligidagi mashg‘ulotlarini davom ettiryapti. Kecha Toshkentda “Yangier” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazildi. Ushbu bahsda “Surxon” 2:1 hisobida raqibidan ustun keldi. Murod Bobojonov bilan Iqbol Malikjonovning gollari g‘alaba uchun etarli bo‘ldi.

Tarkibdagi oxirgi o‘zgarishlarga kelsak, “Surxon” sobiq o‘yinchilarini ortga qaytaryapti. Masalan, Zohir Pirimov bilan Javohir Sohibov yana termizliklar safiga qaytgan. O‘tgan yili “Surxon”da to‘p surgan Murod Bobojonov ham yana jamoasining mashg‘ulotlariga qo‘shilganini aytish joiz. Shu kunlarda klub yangi o‘yinchilar bilan shartnomalar imzolaydi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
SHAXBOZ BEKMURODOV
20/02/2022 13:00
Surxon klubiga omad tilayman,Xudo xoxlasa Voxa shanini munosib himoya qiladi.

NASAF muhlesi.