"Surxon" yiig‘iniga Pirimov, Hamroev va Yoqubov kelib qo‘shildi

  • 10 yanvar, 2021, 22:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Surxon" jamoasi Toshkentda yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Bugungi mashg‘ulotlarda bir qator yangi futbolchilar kelib qo‘shildi.

Tecno

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha. utgan mavsumni "Buxoro" jamoasi tarkibida o‘tkazgan Zohir Pirimov termizliklar mashg‘ulotlariga kelib qo‘shilgan. Bundan tashqari, o‘tgan mavsumni "Qo‘qon-1912" jamoasi tarkibida o‘tkazgan, yosh va tajribali himoyachi, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zosi Jasur Yoqubov ham "Surxon" jamoasi mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.

Shuningdek, o‘tgan mavsumni Namanganning "Navbahor" jamoasi tarkibida o‘tkazgan tajribali darvozabon Dilshod Hamroev ham "Surxon" mashg‘ulotlarida qatnashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!