
"Surxon"da ish boshlaydigan yana ikki nafar ispaniyalik murabbiy ma’lum
“Surxon” klubiga yaqinda bosh murabbiy etib tayinlangan Anxel Lopesga murabbiylar shtabida kimlar yordam berishi ham ma’lum bo‘ldi.
Sports.uz ma’lumotiga ko‘ra, yana ikki nafar ispaniyalik mutaxassis “Surxon” klubida ish boshlaydi. Migel Alvarez Sanches. 1982 yili tavallud topgan. Unda Osiyoda ishlash bo‘yicha etarlicha tajriba bor. Ayniqsa, arab chempionatlarida faoliyat olib borgan. Jumladan, “Al-Nasr”, “Al-Ittifoq”, “Shabab Dubay”, “Xalej”, “Al-Fatex”, “Al-Fujayra” va “Al-Adalax” singari jamoalarda murabbiy yordamchisi bo‘lib ishlagan. Alvarez “Surxon”da ham bosh murabbiy yordamchisi bo‘ladi.
Yana bir mutaxassis Martin Ruiz bo‘lib, u darvozabonlar murabbiyi sanaladi. 1973 yili Ispaniyaning Mursiya shahrida tug‘ilgan. 49 yoshli murabbiy faoliyati davomida Ispaniya, Xitoy, Hindiston, Ummon kabi chempionatlarda ishlagan. Endilikda "Surxon" klubida darvozabonlar murabbiyi sifatida mehnat qiladi.
Fikrlar