"Surxon"ning "Mash’al"ga qarshi o‘yini boshqa stadionda bo‘lib o‘tadi
5 aprel kuni O‘zbekiston Kubogining «B» guruhidan joy olgan «Surxon» — «Mash’al» uchrashuvi «Jar» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Bungacha «Surxon» o‘z uy uchrashuvlarini «Paxtakor» stadionida o‘tkazib kelayotgandi. Biroq 5 aprel kuni «Paxtakor» O‘zbekiston ayollar terma jamoasining Parij-2024 saralashi doirasidagi Butanga qarshi o‘yiniga mezbonlik qiladi. Shundan kelib chiqib, «Surxon» faqatgina 1 ta uchrashuvga «Jar» bilan kelishuvga erishdi.
«Surxon» — «Mash’al» o‘yini 18:00 da start oladi.

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar