
Taekvondo WT. Qo‘qonda O‘zbekiston chempionati boshlandi
Bugun Qo‘qon shahrida taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga start berildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu musobaqada yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 600 nafarga yaqin taekvondo ustalari g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.
Erkaklar: (-54kg, -58kg, -63kg, -68kg, -74kg, -80kg, -87kg, +87kg)
Ayollar: (-46kg, -49kg, -53kg, -57kg, -62kg, -67kg, -73kg, +73kg).
Reglamentga ko‘ra, bugun pumse bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi. 16-18 dekabr kunlari esa kyuryogi yo‘nalishidagi janglarga guvoh bo‘lamiz. Muxlislar mazkur chempionat davomida Jasur Jaysunov, Shahboz Tusmatov, Feruza Sodiqova, Madinabonu Mannopova, Dinoraxon Mamadibragimova kabi nomdor sportchilarning chiqishiga guvoh bo‘lishadi. Terma jamoaning boshqa etakchilari esa yil boshida o‘tadigan xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishayotgani sababli musobaqani o‘tkazib yuborishadi.
Fikrlar