Taekvondochilarimiz bugun ham musobaqani erta yakunlashdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi kun dasturidan o‘rin olgan bellashuvlar davom etmoqda. Afsuski, bugun bahslarni boshlagan 2 vakilimiz ham medallar uchun kurashni erta yakunlashdi. 

Svetlana Osipova (+73 kg) musobaqani ispaniyalik Belen Moranga qarshi boshladi va bu raqibini 16:4 hisobida taslim etdi. Ikkinchi bosqichda esa ancha nomdor raqib, Rio Olimpiadasi sovrindori va ushub vazn toifasining birinchi raqamli vakili britaniyalik Byanka Uolkden hamyurtimizdan 18:5 hisobida ustun keldi.

Erkaklar o‘rtasida -54 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Valentin Xegay esa ilk davrada daniyalik raqibiga qarshi jang qildi. Asosiy vaqtda 19:19 hisobi qayd etildi, biroq “Oltin ochko” uchun qo‘shimcha raundda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!