"Taktik tomonlama AGMKdan ustunlik qilgan holda 3 ochkoni qo‘lga kiritdik" - "Istiqlol" bosh murabbiyi g‘alabani kimga bag‘ishladi?

  • 19 aprel, 2021, 05:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Markaziy Osiyo derbisi sifatida katta qiziqish bilan qarshi olingan AGMK hamda “Istiqlol” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin kutilganidek, hujumkor va qiziqarli tarzda kechdi. Biroq vakillarimiz uchun mazkur o‘yin omadsiz yakunlandi.

Tecno

Gollarga boy kechgan to‘qnashuvda tojikistonliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Natijada, AGMK Osiyo Chempionlar ligasidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilgan bo‘lsa, “Istiqlol” birinchi g‘alabasini tantana qildi.

Holbuki, Mirjalol Qosimov jamoasida uch ochkoni qo‘lga kiritish uchun yaxshi imkoniyat bor edi. Oldinda to‘rtta o‘yin qoldi. Demak, AGMK bor e’tiborini navbatdagi bahslarga qaratadi. “Istiqlol” esa, bu musobaqaga ochko ulashish uchun kelmaganini ko‘rsatmoqda. AGMKga qarshi o‘yindan keyin “Istiqlol” jamoasi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko sports.uz muxbiriga intervyu berdi.  

- Vitaliy Grigorevich, g‘alaba bilan tabriklaymiz. Bo‘lib o‘tgan uchrashuv xususida fikringiz qanday? Nimaning evaziga uch ochkoni qo‘lga kiritdik, deb ayta olasiz?

- O‘yin juda murakkab kechdi. Ammo meni quvontirgani taktik jihatdan raqibdan ustunlik qilgan holda qimmatli uch ochkoga ega chiqdik.

- Bu “Istiqlol” uchun tarixiy g‘alaba. Chunki Osiyo Chempionlar ligasida ilk bor muvaffaqiyat qozondi. Shunday ekan, ushbu g‘alabani kimga bag‘ishlaysiz?

- Biz qo‘lga kiritilgan ushbu muvaffaqiyatni Dushanbeda yashayotgan barcha muxlislarimizga bag‘ishlaymiz. Fursatdan foydalangan holda, ularni shu bilan birga shahar kuni bilan ham qutlayman.

- Darvoqe, uchrashuv davomida AGMK tomonidan kiritilgan gol offsayd tufayli hisobga olinmadi. O‘sha vaziyatni ko‘rdingizmi? Adolat nuqtai nazaridan qaraganda nima deya olasiz?

- Hozircha men buni ko‘rmadim. Shu bois, yuzaga kelgan holatni izohlay olmayman.

istiklol_4

- Nima deb o‘ylaysiz, AGMK siz kutgandek qarshilik ko‘rsatdimi yoki?..

- Ha, biz shunday murakkab o‘yin bo‘lishini oldindan kutgandik. Bunday og‘ir bahsda g‘alaba qozonish yanada yoqimli. Biz AGMKning o‘yinini o‘ta sinchiklab o‘rgangandik. O‘z navbatida bu uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz uchun muhim omil sifatida xizmat qildi.

- O‘yin qahramoni, deb kimni aytgan bo‘lardingiz?

- Bugun jamoamiz maydonda qoyilmaqom ko‘rindi. Butun turnir davomida yo‘lni bir tekis bosib o‘tish futbolchilarga oson bo‘lmaydi. Ayniqsa, og‘ir uchrashuvdan so‘ng, o‘yinchilarning hammasida tiklanish silliq kechmaydi. Kimdir o‘ziga kelishi uchun ko‘proq, yana kimdir esa ozroq vaqt sarflaydi.

- Sizningcha, guruhdan kimlar chiqadi, deb o‘ylaysiz?

- Albatta, jamoamizda ham guruhdan chiqish uchun imkoniyat saqlanib turibdi. Shunday ekan, qolgan bellashuvlarni ham munosib o‘tkazishga harakat qilamiz. Qolganini vaqt ko‘rsatadi.

levchenko2_1

- Niderlandiyalik Xuseyn Doganni qanday topdingiz?

- Men uning agenti bilan ishlayapman. Tabiiyki, agent uni bizga tavsiya qilgan.

- “Istiqlol” uchun yangi sahifa ochilyapti. Sizningcha, jamoangizni oldinda yana nimalar kutyapti?

- Oldimizga guruhdan chiqish vazifasi qo‘yilgan. Uni bajarishga harakat qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!