Tanishing. 17 yashar vunderkind. Uning transferi 100 mln ekan
“Arsenal” ayni paytda “Sporting” sharafini himoya qilayotgan Joelson Fernandeshni Angliyaga olib kelmoqchi. Londonliklar futbolchining agenti bilan transfer borasida gaplashib olishdi.
“Sporting” 17 yoshli futbolchisini osonlikcha qo‘yib yubormoqchi emas. Garchi Fernandeshning yana ikki yillik shartnomasi bo‘lsa-da, klub u bilan uzoq muddatli yangi bitim imzolab, yarim himoyachining tovon pulini 100 million evro qilib belgilashga qaror qilgan.
Fernandesh “Sporting”ni yoshlar jamoasida 28 ta uchrashuv o‘tkazib, 5 gol va 2 ta golli pas muallifi bo‘ldi.
Normann MYuga o‘tishdan ko‘ra, Shomurodov bilan to‘p surishni ma’qulladi
MYu hujum chizig‘i dahshatli bo‘ladi

Fikrlar