
Taremi "Milan"ga o‘tmaydigan bo‘ldi
Hujumchi Mehdi Taremining "Milan"ga transferi amalga oshmaydigan bo‘ldi. "Relevo" nashri xabariga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan. A Seriya grandi allaqachon hujum chizig‘ini kuchaytirishning boshqa variantini qidirmoqda.
Mehdi Taremi ayni damda 31 yoshda. Eronlik futbolchi “Portu”da 2020 yilning avgust oyi oxiridan buyon harakat qilmoqda. Bu vaqt ichida Taremi 151 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 80 ta gol va 49 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Nufuzli "Transfermarkt" portali futbolchini 18 million evroga baholamoqda.
"Milan" Italiya chempionatining yangi mavsumini ikkita g‘alaba bilan boshladi. Stefano Pioli shogirdlari navbatdagi o‘yinni 1 sentyabr kuni “Roma”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar