
Tarixiy 100 yildan o‘tadigan klub Ronalduga mushtoq
Portugaliyaning “Olyanense” klubi “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning yordamiga mushtoq. 108 yillik tarixga ega klub mashhur futbolchiga murojaat qilib, Portugaliya futbol federatsiyasi bilan yuzaga kelgan tortishuvni ijobiy hal qilishda yordam so‘ragan.
- Biz, yaqin do‘stingiz Valdir Kardoso o‘z faoliyatini boshlagan jamoa futbolchilarimiz. Futbolimizda muammolar ko‘pligiga qaramay, biz haqiqiy professional bo‘lishga intilyapmiz. Pandemiya tufayli musobaqa to‘xtatilguncha biz turnir jadvalida birinchi o‘rinda edik. Siz tarixdagi eng zo‘r futbolchilardan birisiz. Bizga yordam bering, - deyiladi maktubda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Portugaliya futbol federatsiyasi ikkinchi ligaga boshqa divizion vakillari - “Vizela” va “Aroka” jamoalarini o‘tkazib yuborgan. O‘z divizionida peshqadamlik qilgan “Olyanense” buni adolatsizlik deb hisoblamoqda.
Ikkinchi ligada o‘ynash istagini bildirgan “Olyanense” mamlakat futbol federatsiyadan rad javobini oldi. Endi ular Ronalduning federatsiyaga ta’sir o‘tkazishiga ishonishmoqda.
Shomurodovga jiddiy qiziqayotgan “Shalke 04” to‘puraridan ayrildi
Super transfer. “Barselona” Lautaro Martinesni qo‘lga kiritdi
Fikrlar