
Tartib-intizom qo‘mitasining qarorlari e’lon qilindi. Berdiev masalasi nima bo‘ldi?
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.
“Neftchi” — “Qizilqum”
O‘zbekiston Superligasining 17-turidan o‘rin olgan “Neftchi” — “Qizilqum” bahsi yakuniga etganidan so‘ng mehmonlar futbolchisi Ignatiy Nesterov muxlislar qarshisida nojoiz xatti-harakatlar qilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Ignatiy Nesterovga (“Qizilqum”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Nasaf” — “Lokomotiv”
O‘zbekiston Superligasining 17-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv — “Nasaf” va “Surxon” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlanganidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev hakamlar sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgan va maydondan chetlatilgan. Shunda so‘ng murabbiy hakamni turtib yuborgan, bu esa “Nasaf” klubining boshqa a’zolari tomonidan tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Ro‘ziqul Berdievga (“Nasaf”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish va jarima, shuningdek, “Nasaf” klubiga nisbatan ham jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
AGMK — “Surxon”
Superliga doirasidagi AGMK va “Surxon” uchrashuvi yakuniga etganidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Anxel Lopes Peres AGMK klubi ma’murining bel qismidan itargan va raqib jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qo‘l uzatgan paytda “no respect” deya baqirib, ommaviy tartibsizlik keltirib chiqargan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Anxel Lopes Peresga (“Surxon”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Andijon” — AGMK
O‘zbekiston kubogi 1/4 final bosqichidan o‘rin olgan “Andijon” — AGMK bahsida mezbonlar muxlislari tomonidan AGMK futbolchisi Sanjar Tursunov zaxiraga olingan paytda uning sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatilgan. Uchrashuv yakuniga etganidan so‘ng muxlislar tomonidan maydonga turli xil buyumlar uloqtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “Andijon” futbol klubiga nisbatan kelgusi 1 ta uy uchrashuvini muxlislarsiz o‘tkazish intizom chorasi qo‘llanildi.
“Nasaf” — “Lokomotiv”
O‘zbekiston kubogi 1/4 final bosqichidan o‘rin olgan “Nasaf” — “Lokomotiv” bahsining 42-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Kahi Maxaradze uchrashuv to‘xtatilgan vaqtda raqiblarining oldiga yugurib kelib ommaviy tartibsizlik yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Shuningdek, “Nasaf” klubi vakillari Azamat Soyibov va Umidjon Ergashev hamda “Lokomotiv” futbolchisi Asilbek Amanovlar texnik zonani tark etib, provokatsion harakatlar qilishgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Kahi Maxaradze, Asilbek Amanov (“Lokomotiv”) hamda Azamat Soyibov va Umidjon Ergashevga (“Nasaf”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Navbahor lochinlari” — “Paxtakor”
O‘zbekiston kubogi 1/4 final bosqichidan o‘rin olgan “Navbahor lochinlari” — “Paxtakor” bahsining 92-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Davron Rahimov uchrashuv to‘xtatilgan vaqtda texnik zonani tark etib, maydonga yugurib chiqqan va ommaviy tartibsizlik yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Davron Rahimovga (“Navbahor lochinlari”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Nasaf farm” — “Bunyodkor farm”
Birinchi liga 17-turidan o‘rin olgan “Nasaf farm” — “Bunyodkor farm” uchrashuvining 51-daqiqasida “Nasaf farm” futbolchisi Anvar Turobov uchrashuv to‘xtab turgan vaqtda raqib o‘yinchisining yuz qismiga kafti bilan zarba berganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Anvar Turobovga (“Nasaf farm”) nisbatan 5 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.
“Aral” — “Shahrixonchi”
Birinchi liga 17-turidan o‘rin olgan “Aral” — “Shahrixonchi” uchrashuvining 3-daqiqasida “Shahrixonchi” jamoasi futbolchisi Jamshid Qobulov oyog‘ining tag qismi bilan raqibining elka va bo‘yin qismiga zarba berganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Jamshid Qobulovga (“Shahrixonchi”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.
Futzal Oliy ligasining 1-turidan o‘rin olgan AGMK — “Bunyodkor” uchrashuvida Davlat Ibragimov va Umidjon Zayniddinovlar o‘zaro janjallashib, bir birining sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatishgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Davlat Ibragimov (AGMK) va Umidjon Zayniddinovning (“Bunyodkor”) har ikkisiga nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.
Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarga murojaat qilib, har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, og‘ir-vazmin va professional bo‘lishga chaqiramiz. Shu o‘rinda Sizlar o‘sib kelayotgan yoshlar uchun o‘rnak-namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib o‘tamiz!
Fikrlar