Tayson Fyuri hamda Otto Vallin o‘rtasidagi jang statistikasi e’lon qilindi
Mazkur jangda shvetsiyalik charmqo‘lqop ustasi zarbalar aniqligi borasida raqibidan ustun bo‘lgan. Otto “jeb” zarbalarini 165 marotaba yo‘llagan, ularning 43 tasi (26 %) aniq bo‘lgan. Fyuri esa oldingi qo‘li bilan 289 bora zarba bergan bo‘lib, ularning 52 tasi(18%) manzilga to‘g‘ri etib borgan ekan.
Vallin 169 marotaba tayyorlangan zarbalarini yo‘llaydi, ulardan 84 tasi (50%) aniq bo‘lgan. Taysonda esa bu holat, 362 ta zarba 127 tasi (27%) aniq ko‘rinish oladi.
Umumiy natijaga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Fyurida 651 zarba, ularning 179 tasi (27 %) foydali bo‘ladi. Otto Vallinda esa, 334 ta zarba, 179 tasi (38 %) aniq bo‘lganligi ma’lum qilingan.

Fikrlar