Tayson Fyuri Muhammad Alidan keyin, birinchi bo‘lishi mumkin

  • 29.12.2019 11:45
  • 0
  • Boks

Og‘ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri 22 fevral kuni Denotey Uaylderga qarshi revansh jangini o‘tkazadi.

Agarda britaniyalik bokschi g‘alabani qo‘lga kiritsa, Muhammad Alidan keyin, The Ring jurnalining sovrinini bir martadan ko‘proq yutgan ilk bokschiga aylanadi.

Ma’lumot uchun, 2018 yilning fevralida Fyuri The Ring sovrinidan quruq qolgandi, sababi uni himoya qilish uchun raqib topilmagan edi.

Eslatib o‘tamiz, Uaylder va Fyuri o‘rtasidagi ikkinchi jang 22 fevral kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!