Temurdan shov-shuvli g‘alaba
Qozog‘istonda "Chellenjer" turkumiga kiruvchi "Capital Cup - 2016" xalqaro turnirida hamyurtimiz Temur Ismoilov kuchli raqiblarini birin-ketin musobaqadan chiqarib yubormoqda.
Asosiy to‘r bellashuvlariga saralashdan qo‘shilgan Temur Ismoilov dastlabki bosqichda mezbonlar vakili Timur Xabibulinni 6:2, 6:3 hisobida mag‘lub etgandi. Ikkinchi davrada Temur uchinchi raqamda saralangan rossiyalik Aleksandr Kudryavtsev bilan bellashdi.
Ikki soatdan ziyod davom etgan uchrashuvda o‘zbek tennischisi shov-shuvli g‘alabaga erishdi. Tajribali raqibdan hayiqmay o‘ynagan iste’dodli sportchimiz bellashuvni 6:1, 4:6, 6:4 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.
Temur Ismoilov yarim finalga chiqish uchun yana bir rossiyalik tennischi Aleksandr Bublikka qarshi o‘ynaydi.
Fikrlar