Ten Xag: Gol urmasang bo‘lmaydi, hoy bola!

  • 13.02.2023 17:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted”  bosh murabbiyi Erik Ten Xag  18 yoshli hujumkor futbolchi Alexandro Garnachodan gol urishni talab qilmoqda.

Bu futbolchi manchesterliklarning premer-ligadagi oxirgi o‘nta uchrashuvida maydonga tushdi. Argentinalik vunderkind ancha ishonchli o‘ynamoqda va qobiliyati bilan mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Shunga qaramay, niderlandiyalik mutaxassis Garnachodan ko‘proq golli vaziyatlar yaratish va raqib darvozasini ishg‘ol qilishni o‘rganishni talab qilyapti.

- Garnacho iste’dodli futbolchi va u o‘yinimizga hozirdan ta’sir o‘tkazmoqda. U raqibga xavf sola oladi. U ancha faol va yaxshi harakat qilyapti. Lekin o‘zi ham gol urishi kerak. Hujumkor futbolchi sifatida noming gol urganlar, assistentlar va hal qiluvchi hujumni uyushtirganlar ro‘yxatida bo‘lishi lozim, - dedi Erik ten Xag.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!