
Tennis bo‘yicha O‘zbekiston chempionati g‘oliblari aniqlandi
24 fevral - 2 mart kunlari Toshkentdagi Respublika tennis Olimpiya zaxiralari kollejida erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur chempionatda mamlakatimizning barcha hududlaridan 134 nafar sportchi g‘olib uchun kurashdi. Musobaqalarda ishtirokchilar to‘rt kategoriya bo‘yicha bellashdilar.
Natijalar bilan tanishing:
Yakkalik bahslar (erkaklar)
1. Pavel Tsoy (Toshkent)
2. Saida’lo Saidkarimov (Toshkent)
3. Sharobiddin Abzalov (Namangan)
Yakkalik bahslar (xotin-qizlar):
1. Yasmina Karimjonova (Toshkent)
2. Sitora Normurodova (Termiz)
3. Laylo Bahodirova (Toshkent)
Juflik bahslari (erkaklar):
1. Amal Sultonbekov (Toshkent) va Ahad Ermatov (Buxoro)
2. Botir Sapaev (Toshkent) va Sharobiddin Abzalov (Namangan)
3. Ibrohimjon O‘rinov (Tokent) va Olimjon Nabiev (Toshkent)
Juflik bahslari (xotin-qizlar):
1. Shaxnoza Xatamova (Farg‘ona) va Kamola Umarova (Toshkent)
2. Yasmina Karimjonova (Toshkent) va Yuliya Kim (Toshkent)
3. Laylo Bahodirova (Toshkent) va Milana Maslenkova (Toshkent)
Barcha g‘oliblar kubok, medallar, faxriy yorliq hamda O‘zbekiston tennis federatsitsiyasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Fikrlar