
Tennischilar 7 iyunga qadar kortga tushmaydi
Professional tennis uyushmasi (ATP) va Xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) mutassadilari o‘zaro kelishgan holda barcha tennis musobaqalarini 7 iyun kuniga qadar o‘tkazmaslikka kelishib oldi.
Kelishuvga ko‘ra, 7 iyun kuniga qadar qum qoplamali kortlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha "ATP" va "WTA" turnirlari o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Yangi mavsumda qum qoplamali kortda faqatgina "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” musobaqasi sentyabr oyida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 7 iyunga qadar Madrid, Rim, Rabat, Myunxen, Eshtoril, Jeneve va Lion shaharlaridagi qum qoplamali kortlarda musobaqalar o‘tishi kerak edi .
Fikrlar