Ter Shtegen: «Germaniya g‘alabaga juda yaqin edi»

  • 25.09.2026 10:31
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniya terma jamoasi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen Yurgen Klopp qo‘l ostidagi debut uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

UEFA Millatlar ligasi birinchi turida Germaniya Niderlandiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Bellashuv keskin kurashlar ostida o‘tib, 1:1 hisobida nihoyasiga yetdi.

«Tayyorgarlik uchun atigi uch kun vaqtimiz bo‘ldi. Hali juda ko‘p narsalarni to‘g‘rilashimiz kerak. Lekin, deb o‘ylaymanki, endi bizda suyanish mumkin bo‘lgan va rivojlantirish mumkin bo‘lgan asos bor. G‘alaba uchun juda ozgina yetmay qoldi», — deya ter Shtegenning so‘zlarini The Touchline nashri keltiradi.

Germaniya terma jamoasi guruh bosqichining navbatdagi turida Gretsiya terma jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv 27 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!