Ter Shtegen kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

  • 29.10.2025 14:00
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Germaniyalik darvozabon Mark-Andre Ter Shtegen yaqin vaqtlarda "Barselona"ni tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 33 yoshli posbonga Londonning "Chelsi" klubi hali ham qiziqish bildirmoqda. Ter Shtegen esa jamoasida asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgani uchun jamoa o‘zgartirishga tayyor.

Darvozabon doimiy ravishda maydonga tushishni xohlamoqda, ayniqsa 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan bu uning uchun muhim hisoblanadi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Ter Shtegenning bozor qiymati 8 million evroni tashkil etadi. Uning "Barselona" bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!