Ter Shtegen Yaqin Sharqqa yo‘l olishi mumkin

  • 13.05.2024 19:28
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Mark-Andre ter Shtegen faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. 

"Mundo Deportivo" xabariga ko‘ra, "Al-Ittihod" "Barselona" darvozaboni transferiga qiziqish bildirmoqda. Jidda klubi yozda futbolchini sotib olish niyatida. 

"Al-Ittihod" sport direktori Ramon Planes ter Shtegenni "ko‘k-anorranglilar"dagi vaqtidan beri biladi va uni yangi klubining asosiy darvozaboni sifatida ko‘rmoqda. 

Saudiya Arabistoni klubi kelishuvga erishish qiyin bo‘ladi, deb hisobaylaydi. Biroq ular baribir futbolchini transferga rozi bo‘lishga ko‘ndirmoqchi. Nemis darvozabonining "Barsa" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!