Terma jamoadan ikki futbolchi nomi o‘chirildi

  • 06.06.2024 20:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi ikki nafar mashhur futbolchini Germaniyadagi Evropa chempionatida qatnashadigan tarkibdan chiqardi.

Ma’lumotlarga qaraganda, ikkita jahon chempionatida o‘ynagan tajribali himoyachi Harri Maguayr jarohati tufayli qit’a chempionatida ishtirok eta olmaydi.

“Manchester Siti” safida Angliya chempioni bo‘lgan Jek Grilish esa, jismoniy holati talabga javob bermagani uchun tarkibdan chiqariladi. Bu haqda The Athletic nashri xabar tarqatdi.

Bundan tashqari, dastlabki ro‘yxatga kiritilgan “Byornli” darvozaboni Jeyms Trafford, “Liverpul” himoyachisi Jarell Kuansa ham tarkibdan chiqarilishi kutilyapti.

Angliya terma jamoasi “Evro-2024”ning “S” guruhida Serbiya, Daniya va Sloveniya bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!