
Teves Runidan qanday sovg‘a olgan edi?
Argentinalik hujumchi Karlos Teves "Vest Xem"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tgan vaqtini eslab o‘tdi.
"MYuning futbolchilari mashg‘ulotga Ferrari yoki Lamborjinida kelishardi, zahira futbolchilarida ham shunday mashinalar bor edi. Men mashg‘ulotga klub tomonidan berilgan Audida kelganimda barcha ustimdan kulgandi.
Ular mening mashinamni Fiat 600ga taqqoslab ustimdan kulishardi, bu esa meni g‘alablantirar edi. Keyin kutilmaganda tentak Runi o‘rnidan turdi va menga o‘zning Lamborjinisi kalitini berdi", - eslab o‘tdi Teves.
Fikrlar