Tezkor! Anchelotti Braziliya bosh murabbiyi bo‘ladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" Madrid bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yozda klubdan ketishi deyarli aniq bo‘ldi. "ESPN" nashrining xabar berishicha, mutaxassis Braziliya terma jamoasi bilan kelishuvga erishgan. 

U federatsiya rahbarlariga rozlik bildirgani aytilmoqda. Undan avvalgi murabbiy Tite Qatardagi mundialdan so‘ng iste’foga chiqarilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi "JCh-2022"da chorak finalda Xorvatiyaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqani kutilganidan erta tark etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!