Tezkor! "Barselona" super hujumchi bilan kelishuvga erishdi
"Barselona" "Bavariya"ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi, deb xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira o‘zining Twitter sahifasida.
Manbaga ko‘ra, tomonlar 2025 yilning yoziga qadar imzolanadigan shartnoma bo‘yicha kelishib olishgan. Biroq “Barselona” endi polshalik to‘purarning transferi masalasida “Bavariya” bilan kelishib olishi kerak. Kataloniyaliklar hujumchi uchun 35 million evrodan ortiq pul to‘lashga tayyor emas.
33 yoshli Levandovski joriy mavsum “Bavariya” safida barcha turnirlarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 50 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar