
Tezkor: Bugun “Lans” Husanovni o‘ynatishga majbur. Sababi...
Bugun Frantsiya chempionatining beshinchi turida ushbu mamlakatdagi yagona o‘zbek futbolchisi Abduqodir Husanov debyut qilishi kutilmoqda.
Bu gal lansliklar o‘z maydonida “Mets” futbolchilarini qabul qiladi. Frank Xeyz shogirdlari dastlabki to‘rtta uchrashuvdan faqat bittasida durang o‘ynab, uchtasini boy bergani sababli muxlislar jamoadan mavsumdagi birinchi g‘alabani kutmoqda.
“Lans” murabbiylar shtabi muhim uchrashuv oldidan murakkab vaziyatga tushib qoldi. Jamoaning asosiy markaziy himoyachisi Fakundo Medina diskvalifikatsiya tufayli uchrashuvda qatnasha olmasligi aniq bo‘ldi.
Bu masala so‘nggi kunlar davomida dolzarb bo‘lib turibdi. Frantsiya matbuotining yozishicha, Frank Xeyz Abduqodir Husanovdan foydalanish variantini ko‘rib chiqyapti.
- Diskalifikatsiya qilingan Medina o‘rnini faqat ikki futbolchi – Massadio Haydara va Abudqodir Husanov bosishi mumkin. Bu ko‘proq Massadio Haydaraning Mali terma jamoasidan qay holatda qaytishiga bog‘liq.
Husanov esa tayyorgarlik bosqichida juda yaxshi mehnat qildi. Kam o‘ynagan bo‘lsa-da, talabga javob bera oladigan futbolchi ekanini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, Husanov O‘zbekiston yoshlar olimpiya terma jamoasi safida ikkita oxirgi o‘yinni to‘liq o‘tkazdi. O‘yinda Husanovni markaziy himoyachi sifatida o‘ynash ehtimoli katta, - deb yozgandi https://www.lensois.com sayti jurnalisti Kristof Shaad.
O‘yin oldidan Kristof Shaadning o‘zi tarkib borasida yangi ma’lumot berdi.
- Frank Xeyz diskvalifikatsiyaga uchragan Fakundo Medina va uning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan Massadio Xaydara xizmatidan foydalana olmaydi. Agar bosh murabbiy to‘rt himoyachi bilan o‘ynaydigan bo‘lsa, boshlang‘ich tarkibga Abduqodir Husanovni qo‘shali. Bu futbolchi mashg‘ulotlarda ishonchni oqlab kelmoqda, - deb qo‘shimcha kiritdi Kristof Shaad.
Frantsiya matbuoti “Lans”ning taxminiy tarkibiga o‘zbek legionerini kiritgani ahamiyatli bo‘ldi. Unga ko‘ra, “Mets”ga qarshi bahsda quyidagi futbolchilar to‘p tepishi kutilyapti.
“Lans” taxminiy tarkibi:
Darvozabon:
Bris Samba
Himoyachilar:
Jonatan Gradit, Kevin Danso, Abduqodir Husanov, Deyver Machado
Yarim himoyachilar:
Pshemislav Frankovski, Salis Abdul Samed, Andi Diuf
Hujumchilar:
Florian Sotoka, Anjelo Fuljini, Ele Vaxi.
Bosh murabbiy:
Frank Xeyz.
“Lans” va “Mets” o‘rtasidagi uchrashuv 16 sentyabrdan 17 sentyarbga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Mbappeni olishni hech kim taklif qilmagani uchun Shomurodov olindi!
O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi
Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...
Italiyalik muxlislar Shomurodovni muhokama qilmoqda: yaxshi gap ham, tanqid ham etarli!
Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?
Fikrlar