Tezkor! "Nasaf" hujumchii jamoa bilan xayrlashdi (foto)

  • 09.01.2024 22:11
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Nasaf" hujumchisi Azizbek Amonov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali "ajdarlar" bilan xayrlashdi.

"Rahmat, ajoyib mavsum bo‘ldi", - deb yozdi 26 yoshli futbolchi instagram sahifasiga.

Oldinroq Aziz Amonovni legionerga aylanishi mumkinligi haqida ma’lum qilgandik. Uning transferi borasidagi so‘nggi xabarlarni "Sports.uz" jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev shunday izohladi:

"Masala hal. Bir necha kun avval xabar berganimizdek, Aziz Amonov legionerga aylanmoqda. Futbolchi keyingi mavsumni BAAning "Xor-Fakkan" jamoasida o‘tkazadi. Avvalroq, OChLni yondirgan forvard bilan "Neftchi" xam qiziqib qolgandi".

Eslatib o‘tamiz, ushbu klubda yana bir legionerimiz Abdulla Abdullaev harakat qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!