Tezkor! O'zbek futbolchisi Premier-liga klubiga o'tdi
Nufuzli manba – Sport24 nashri ma'lumotiga koʻra, Oʻzbekistonning “Andijon” klubida oʻynaydigan chap qanot himoyachisi Mahmud Mahamadjonov Rossiya Premyer-ligasida ishtirok etayotgan Maxachqal'aning “Dinamo” klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan.
23 yoshli futbolchining transferi rasmiy 2 sentabr, chorshanba kuni boʻlib oʻtadigan Rossiya kubogi guruh bosqichining 3-turidagi “Zenit”ga qarshi uchrashuvdan keyin e'lon qilinadi.
Mahamadjonov joriy mavsumda “Andijon” safida 22 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 400 ming yevroga baholamoqda.
Oʻzbekiston bilan oʻynaydigan Janubiy Koreya Rossiyada ishlagan murabbiyni olib keldi
Raqib murabbiyi Shomurodov haqida qattiq gapirdi!
Oʻzbek futbolchisi nega Rossiyani tark etdi?
Husanov juda yuqori ball oldi

Fikrlar