
Tezkor xabar (Boks). Riodagi zafarlar Rigada ham davom etmoqda
Xabaringiz bor shu kunlarda Latviya poytaxti Riga shahrida boks bo‘yicha “Riga Open 2016” xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda.
67-marotaba o‘tkazilayotgan bu turnirda O‘zbekiston nomidan besh nafar bokschi munosib tarzda ishtirok etmoqda.
Kecha 10 dekabr kuni o‘tkazilgan yarim final janglarida ringga ko‘tarilgan terma jamoamizning 5 nafar a’zosi barcha janglarda g‘alaba qozonib final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Dastlab 54 kg vazn toifasida Sirojiddin G‘ulomjonov mezbon sportchi Oskars Rankansni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Abdulhay Sharahmatov (56kg) yana bir mezbon jamoa a’zosi Sergey Hodyunisga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Shuningdek Elnur Abduraimov(64kg) hamda Mahmud Gaipov(75kg) ham mos ravishda final yo‘llanmasini naqd qilib qo‘yishdi.
Yarim finallarning eng qiziqarli janglari +91 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtimiz Bahodir Jalolov norvegiyalik Simen Nisaeterga qarshi ringga ko‘tarildi. Jalolov ustunligida o‘tgan bu bahs ham terma jamoamiz a’zosining foydasiga hal bo‘ldi.
Final janglari bugun Toshkent vaqti bilan 15:00 da boshlanadi.
SPORTS.uz Axborot Portali uchun maxsus tayyorlandi
Humoyun Davronov
Riga, Latviya
Ushbu xabardan qisman yoki to‘liq foydalanganda SPORTS.uz axborot portalining nomi aniq ko‘rsatilishi hamda havola (link) berilishi shart!
Fikrlar