Tezkor xabar! APL klublari chempionat to‘xtashini talab qilmoqda
Koronavirusning yangi tarqalgan "Omikron" shtammi tufayli Premer-liga joriy mavsumi to‘xtalishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Ingliz OAVning xabar berishicha, APLda klub rasmiylari uzoq vaqt tanaffus bo‘lishi tarafdori ekanligini ma’lum qilgan. Ular eng kamida ikki haftalik ta’til so‘ramoqda.
Futbolchilar turnir davom etishiga qarshi chiqyapti. Ular "Omikron" yuqtirib olishdan qo‘rqyapti. Boisi, har bir jamoa tarkibida kasallik alomatlari ko‘rinish berdi.
Ma’lumot uchun, "tumanli albion"da 18-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Fikrlar