Tezkor xabar! Bektemir Meliqo‘zievning jangi bekor bo‘lish arafasida

  • 14.01.2021 23:10
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Professional boksning super-o‘rta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘zievning navbatdagi jangi Sergey Kovalevga qarshi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. 

Xabar qilinishicha, bokschilar doping-testdan o‘tkazilgan va Sergey Kovalevda taqiqlangan sintetik testosteron moddasi aniqlangan. 

Jang rasman bekor qilinmadi. Ammo sportchilarni doping-testlardan o‘tkazadigan VADA tashkiloti Meliqo‘zievning raqibida ushbu moddaning borligini aniqladi. Shu sababdan, bellashuv bo‘lib o‘tmasligi ehtimoli yuqori. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!